Maktabimiz ko‘p yillik boy an’ana va yutuqlarga ega bo‘lib, o‘quvchilarning intellektual va ma’naviy salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiladi. Davlat ta’lim standartlari asosida har bir o‘quvchiga individual yondashuv yo‘lga qo‘yilgan.
Bizning maqsadimiz — zamonaviy fan va texnologiyalarni chuqur o‘zlashtirgan, mustaqil fikrlaydigan va vatanparvar yoshlarni voyaga yetkazishdir.
Bizning missiyamiz
Har bir o'quvchining qobiliyatini kashf qilish va sifatli ta'lim berish.
Bizning maqsadimiz
Zamonaviy innovatsiyalar va milliy qadriyatlarni uyg'unlashtirish.